"Men muvaffaqiyatli ayolman" loyihasi doirasida "Zulfiyaxonim qizlari" ishtirokchilari bilan "Men o'zbekning Zulfiyasiman" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
23-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining o'quv zalida “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi"doirasida "Men muvaffaqiyatli ayolman" loyihasi doirasida "Zulfiyaxonim qizlari" ishtirokchilari bilan "Men o'zbekning Zulfiyasiman" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirda tumandagi 1-81- umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.1-maktabning "Zulfiya izdoshlari " jamoasi va 81-maktabning "Zulfiya qizlari"jamoalari 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar.Birinchi shart-Zulfiyaning hayoti va ijodi,ikkinchi shart-Zulfiya she'rlaridan ifodali o'qish,uchinchi shart erkin mavzu,to'rtinchi shart baxru-bayt sharti bo'ldi.Tadbir qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.Jamoalar durang natijani qo'lga kiritdi.




