❇️“Men o’qigan kitob” ❇️

❇️“Men o’qigan kitob” ❇️ 📚Jismoniy mehnat,jismoniy tarbiya insonni jismonan rivojlantirar ekan, kitob o’qish esa aqlan rivojlanishda katta yordam beradi. Oilalarda kitobxonlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Yoshlarning kelajakda yetuk insonlar bo’lib yetishishida ota-onalar katta rol o’ynaydi.Oilada ota-onalar kitob o’qib farzandlariga namuna bo’lishlari kerak .Bu borada onalarning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi.Yurtimizda har oyning 17 sanasi “Kitobxon onalar kuni” etib belgilab qo’yilgani bejiz emas.Shuning munosabati bilan joriy yilning 13-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxon onalar ishtirokida “Men o’qigan kitob” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.