✅Milliy qadriyatlar – xalqimiz faxri va g‘ururi

✅Milliy qadriyatlar – xalqimiz faxri va g‘ururi 31-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida milliyligimizni aks ettiruvchi qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Kitobxonlar milliylik xalqning o‘zligini ifodalovchi, birlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim omil ekanligini ta’kidlashdi. Suhbat samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.