Milliy va ma'naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
2-oktabr kuni Baxmal tumanidagi 1-sonli politexnikumda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida milliy va ma'naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhini singdirish va ma'naviy-ma'rifiy tarbiyani mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada buyuk allomalarimiz, adiblarimiz, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatiga oid asarlar, shuningdek, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va o‘zbek xalqi turmush tarzini yorituvchi kitoblar namoyish etildi. Talabalar va o‘qituvchilar ushbu kitoblar bilan yaqindan tanishib, ular haqida fikr almashdilar.
Tadbir doirasida kitobxonlikka bag‘ishlangan suhbatlar, savol-javoblar va tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan bo‘lishildi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va barchaga ma'naviy ozuqa bo‘ldi.