Moviy jamadon.
Aholini kitobxonlikka qiziqtirish,kitobxon oilalar sonini yanada ko'paytirish,axborot-kutubxona markazining barcha imkoniyatlarini keng targ'ib qilish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 24-sentabr sanasida tumandagi Do'stlik MFY hududida istiqomad qiluvchi Tursunboyevlar xonadonida "Moviy jamadon" loyihasi doirasida kitoblar targ'iboti o'tkazildi.