Moviy jamadon.

📚 Joriy yilning 29-yanvar sanasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Moviy jamadon” loyihasi doirasida tashrif buyurdi.Tashrif davomida  o‘quvchilar qalbida  kitobga bo‘lgan mehrni uyg’otish maqsadida AKM fondida mavjud 8 nomdagi kitoblar targ‘iq qilindi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga AKM xodimi I.Shodiyeva  tomonidan kerakli javoblar berildi.Targ‘ibot tadbiri davomida  maktab kutubxonachisi M. Sattorova   bilan kelgusida  hamkorlikda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish haqida kelishib olindi.