Moviy jamadon
✅Moviy jamadon✅
📖 Yosh avlod qalbida kitobga bo’lgan mehr tuyg’ularini uyg’otish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli targ’ibot tadbirlari muntazam o’tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 23-dekabr kuni axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi Oqtosh QFY hududida joylashgan 11-sonli DMMT tashkilotida “Moviy jamadon” loyihasi doirasida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.Ushbu tadbirda AKM mutaxassisi tomonidan 8 nomdagi bolalar uchun kitoblar targ’ib qilindi.Bog’cha tarbiyalanuvchilariga mutaxassis tomonidan o’zbek xalq ertaklaridan “Oltin tarvuz” ertagi so’zlab berildi.