“Moviy jamadon”
Yosh avlod qalbida kitobga bo’lgan mehr tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 21-yanvar kuni axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi Do‘stlik MFY hududida joylashgan “Baxmal” o‘quv markazida “Moviy jamadon” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda dastlab mutaxassis tomondan axborot-kutubxona markazi kitob fondi,AKM xizmatlari,o‘quv zallari va kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga AKM mutaxassisi tomonidan kerakli javoblar berildi.Ushbu tadbirda AKM fondida mavjud 7 nomdagi bolalar uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.