"Moviy jamadon" loyihasi doirasida
Joriy yilning 25-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Moviy jamadon" loyihasi doirasida tumandagi 6-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida axborot-kutubxona markazidagi kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va kitob fondi haqida batafsil ma'lumotlar berildi hamda 9 nomdagi badiiy va ilmiy ommabop kitoblar targ'ib qilindi.