Mushoira kechasi bo'lib o'tdi.
6-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda Baxmal axborot-kutubxona markazi hamkorlikda sektorlor kesimida mushoira kechasi tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Birinchi shartda har bir sektordan bir nafardan kelgan ichtirokchilar o'zlari yod olgan va o'zlari yozgan she'rlarini bahrubayt shaklida aytdilar. 2-shartda esa ishtirokchilar o'zlari yod olgan bitta she'rni ifodali o'qidilar.Ushbu mushoira kechasida faol ishtirok etgan Barlos MFY hududidan Muhiddinova Feruza 2-o'rin va Istiqlol MFY hududidan Sobirova Sanjana 1-o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
