“Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida “Kinokarvon” loyihasi: Kitob va san’at uyg‘unligi
“Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida “Kinokarvon” loyihasi: Kitob va san’at uyg‘unligi
2026-yil 8-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida “Kinokarvon” loyihasi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar, aktyor va aktrisalar, ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda madaniy dasturlar bo‘lib o‘tdi.