Mustaqillikka 34 - yil

#Mustaqillikka_34_yil 8-avgust kuni O’zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Baxmal tumanidagi "Nurobod" mahallasida joylashgan 79-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi hovlisida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Ushbu tadbirda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi 175 nomdagi kitoblar ko’rgazmasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda turli sport o’yinlari namoyish etildi.San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar tadbirga ko'tarinki kayfiyat bag’ishladi.