#mutolaa_uchun_tavsiya
#mutolaa_uchun_tavsiya
🔸«Turkiy dunyo Alisher Navoiydan qariyb 500 yil keyin adabiyot cho’qqisiga Chingiz Aytmatovni olib chiqdi», degan fikrni bugun biror bir adabiyot ixlosmandi inkor etmaydi. Asarlari dunyoning 180 tiliga tarjima qilingan va turli millat vakillarini insonni ulug’lashga chorlovchi qadriyatlar atrofida birlashtirgan yozuvchi ijodiga kitobxon xalqi qayta va qayta murojaat qilaveradi.
🔸E'tiboringizga havola etilayotgan navbatdagi kitobga biz adibning «Birinchi muallim», «Erta qaytgan turnalar», «yuz, ma-yuz» qissalari hamda «Baydamtol sohillarida», «Oq yomg’ir» hikoyalarini jamladik Asarlardagi qahramonlar taqdiri bir-biridan chigal, bir-biridan ziddiyatli, ayni paytda kitobxon ularning hech qaysiga befark qarolmaydi: xuddiki, Oltinoy xam, Duyshen ham, Sultonmurot ham, Saida ham bizning yonimizda yashayotgandek…