Namunali ko'chma kutubxonalar tashkil etildi.

Tuman markazidan olisda joylashgan mahallalarda aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kitobxonlik darajasini oshirish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan namunali ko'chma kutubxonalar tashkil etilmoqda. Shunday namunali ko'chma kutubxonalardan biri Joriy yilning 25-sentabr kuni tumandagi "Istiqlol MFY"binosida tashkil etildi.