NAVBATDAGI MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 18-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ish jarayonlarini yanada qulay va tartibli tashkil etishda Microsoft Excel dasturining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot davomida Excel dasturida jadval yaratish, ma’lumotlarni kiritish va tartiblash, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish hamda ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi.
Mazkur mahorat darsi markaz xodimlarining raqamli savodxonligini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va ish unumdorligini yuksaltirishga xizmat qildi.