Navoiy ijodi — bu insoniylik, adolat, ilm, muhabbat va komil inson g‘oyalari mujassam bo‘lgan bebaho xazina. U o‘z asarlari bilan nafaqat o‘zbek adabiyotini, balki butun Sharq tafakkurini yuksak cho‘qqiga olib chiqdi.v
📚 9-fevral — buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Bugun o‘zbek adabiyoti va ma’naviyatining beqiyos siymosi, so‘z mulkining sultoni — Hazrat Alisher Navoiy dunyoga kelgan ulug‘ kun.
Navoiy ijodi — bu insoniylik, adolat, ilm, muhabbat va komil inson g‘oyalari mujassam bo‘lgan bebaho xazina. U o‘z asarlari bilan nafaqat o‘zbek adabiyotini, balki butun Sharq tafakkurini yuksak cho‘qqiga olib chiqdi.
📖 “Tilga e’tibor — elga e’tibor” degan hikmat bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Navoiy qoldirgan meros — biz uchun yo‘lchi yulduz, ma’naviy tayanchdir.
Buyuk bobomiz xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.
Navoiy bor ekan — millat ruhi barhayot!