"Navro'z keldi elimga"mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Navroʻzda tinchlik va birdamlik, totuvlik va qoʻshnichilik kabi ulugʻ qadriyatlar ilgari surilgan.Oqsoqollar urishgan oilalarni yarashtirib oilalarni saqlab qolishgan. Bu madaniy marosimlarda madaniy xilma-xillik va insonparvarlik, sogʻlom turmush tarzi va yashash sharoitini yanglish kabi odatlar avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda. Joriy yilning 19-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Navro'z" umumxalq bayramiga bag'ishlangan "Navro'z keldi elimga"mavzusida tadbir tashkil etildi.