Navro‘z – umumxalq bayramiga bag‘ishlangan "Xush kelding navro’zi olam " mavzusida tadbir tashkil etildi.

Navro'z" yangilanish va yosharish bayrami xisoblanadi.Dunyoning ko'plab davlatlarida ushbu bayram ko'tarinki ruhda nishonlanadi.Shu jumladan yurtimizda ham bu betakror ayyom har yili ko'tarinkilik bilan nishonlanadi. Navro‘z, eng avvalo, ezgulik elchisi! Bayram arafasida va bayram kunlari yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha bir-biriga mehr-muruvvat ko‘rsatishi, dehqonlarimiz yaxshi niyat bilan yerga urug‘ qadashi, otaxonlarimiz nabiralari, farzandlari bilan ko‘chat ekishi, mahallalarda bog‘ yaratish, obodonlashtirish ishlari avj olishi ham ezgulikka qaratilgan!Bayram munosabati bilan joriy yilning 20-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 81-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorlikda “ Xush kelding navro’zi olam ” mavzusida tadbir tashkil etildi.