Nazm va navo mavzusida musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Bugun 14-fevral oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va Boburiylar sulolasi asoschisi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.Ushbu kun munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 81-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Nazm va navo” mavzusida musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.Unda Baxmal axborot-kutubxona markazi kitobxonlar klubi a‘zolari shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berishdi.So‘ngra g‘azallaridan ijro etishdi,Bobur hayotidan sahna ko‘rinishlari va kuy qo‘shiqlar namoyish etildi.Tadbirda faol ishtiroki uchun klub a’zolariga maqtov hamda faxriy yorliqlar topshirildi.