Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Buyuklarga ehtirom” deb nomlangan adabiy musiqiy kecha tashkil etildi.
Joriy yilning 7-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida 9-fevral g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Buyuklarga ehtirom” deb nomlangan adabiy musiqiy kecha tashkil etildi.Ushbu kechada dastlab o‘quvchilar tomonidan shoirning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumot berildi.Shundan so‘ng mutafakkirning g‘azallaridan mutolaa qildilar,Alisher Navoiyning bolalik chog‘laridan sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.Milliy kiyimdagi raqslar va kuy qo‘shiqlar kechaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.