O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi .
#Kitobsevar_millat 📚
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi 🎉
Bugun, 21-oktabr kuni Baxmal tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Baxmal tuman AKM “Ona tilim – jonim iftixori” nomli kitoblar ko‘rgazmasini taqdim etdi. Ko‘rgazmada o‘zbek tilining boy tarixiy ildizlari, buyuk adiblarimiz merosi, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlar keng namoyish etildi.
Shuningdek, tumanimizdagi taniqli adabiyotshunos Ali Aqmurodov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining davlat ramzi sifatidagi ahamiyatini yuksak baholab, yoshlarni ona tilini e’zozlash va so‘z boyligimizni asrashga da’vat etdi. ✨
Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda raqslar ijro etildi. 🎶💃
Bunday tadbirlar yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat, milliy g‘urur va ma’naviy yuksalish ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 💫