✅Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan kasbiy rivojlanish mashgʻulotlari
✅Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan kasbiy rivojlanish mashgʻulotlari
📚2025-yil 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan kutubxona sohasi xodimlari uchun “Kasbiy tayyorgarlik” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘ulotlari ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.
📚Ushbu onlayn mashg‘ulotlarda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
📚Mazkur o‘quv jarayonida ishtirokchilarga zamonaviy kutubxonachilikning dolzarb yo‘nalishlari, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, raqamli resurslar bilan ishlash, axborot savodxonligini yuksaltirish, innovatsion yondashuvlar va kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muhim maʼlumotlar taqdim etildi.
📚Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ilg‘or tajribalar, amaliy tavsiyalar, shuningdek, kutubxonachilarning malakasini oshirishga xizmat qiladigan ko‘plab metodik yechimlar muhokama qilindi.
📚Ushbu onlayn mashg‘ulotlar kutubxona xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi kelgusida ham bunday bilim almashish va tajriba o‘rganish jarayonlarida muntazam ishtirok etishni reja qilgan.