O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi — milliy iftixorimiz ramzi

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi — milliy iftixorimiz ramzi Joriy yilning 2-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida davlat gerbining yaratilish tarixi, uning mazmun-mohiyati hamda xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, gerbimizda aks etgan ramzlarning ma’nosi, ularning mustaqilligimiz va milliy qadriyatlarimiz bilan uzviy bog‘liqligi haqida fikr almashildi. Davra suhbati jarayonida ishtirokchilar davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, Vatanga sadoqat ruhini yoshlar qalbiga singdirish borasida o‘z mulohazalarini bildirdilar. Mazkur tadbir yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ramzlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.