Ochiq osmon ostida kutubxona.

20-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona " loyihasi doirasida aholi va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish,kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida "Qaysi kitobni tanlaysiz" mavzusida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.Ushbu ko'rgazmada o'zbek va chet el yozuvchilarining eng sara badiiy va ilmiy ommabop asarlari o'rin olgan.