Ochiq osmon ostida kutubxona.

Aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish,o'quvchi yoshlarning yozgi ta'til mavsumida bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida kitob ko'rgazmalari bo'lib o'tmoqda .Shunday tadbirlardan biri 11-iyul kuni tumandagi Baxmal mahallasida tashkil etilib unda 350 nusxadagi o'zbek adabiyoti,jahon adabiyoti va turli ilmiy ommabob kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.