Ochiq osmon ostida kutubxona.
Yoshlarni kitobga qiziqtirish kitobxonlik darajasini yanada oshirish va kutubxonaga jalb etish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli tadbirlar,jumladan kitob ko'rgazmalari,kitoblar targ'iboti,yangi kitob taqdimotlari mahallalarda muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.Shunday tadbirlardan biri 29-avgust kuni tumandagi Do'stlik mahallasida "Ochiq osmon ostida kutubxona " loyihasi doirasida "Kitobdek aqlli va sodiq do‘st yo‘q " mavzusida kitoblar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.