Oila muhitida kitob mutolaasini targ‘ib etish

Oila muhitida kitob mutolaasini targ‘ib etish 📚23-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish maqsadida tumandagi Oqtosh mahallasida joylashgan Abdusaidovlar xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, kitob o‘qishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi hamda Axborot-kutubxona markazida mavjud adabiyotlar keng targ‘ib qilindi.