Ona tabiatni asrash har birimizning burchimiz .
Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi. Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.13-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida " Ona tabiatni asrash har birimizning burchimiz " shiori ostida kitoblar ko`rgazmasi hamda davra suhbati o`tkazildi.