🌸 Onaga ehtirom – qalbdan chiqqan tuyg‘u
🌸 Onaga ehtirom – qalbdan chiqqan tuyg‘u
10-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining taniqli yozuvchilaridan biri O’zbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning Dunyoning ishlari asari taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda asarda tasvirlangan ona mehri, oilaviy qadriyatlar va insoniylik tuyg‘ulari haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar kitobdan parchalar tinglab, onaga bo‘lgan hurmat va ehtirom haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Mazkur uchrashuv yosh kitobxonlar qalbida ona siymosiga bo‘lgan mehr va qadriyatlarni yana bir bor yodga solgan samimiy tadbir bo‘ldi.