Oqila ayol qoidalari” kitobi targ’iboti o’tkazildi.
Oqila ayol qoidalari” kitobi targ’iboti o’tkazildi.
3-mart kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Oqila va mehribon ayollar” mavzusi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida “Oqila ayol qoidalari” kitobi keng targ‘ib qilinib, unda bayon etilgan ibratli fikrlar, hayotiy maslahatlar va ayolning oiladagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirda faol kitobxon o‘quvchilar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etib, kitob yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Samimiy va mazmunli muloqotlar ruhida o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda oqila va mehribon ayol fazilatlarini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.