Qadriyatlaring boqiy bo’lsin Navro’z.
Bahor fasllar gulshani,uyg’onish fasli.Butun borliq,ona tabiat barq urib yashnaydi,yangilanadi.Tirik jonzot borki yangi kunning tug’ilishidan bahra oladi zavqlanadi.Turkiy xalqlar ham Navro’z bayramini,ya’ni yangi kunning tug’ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejizga emas.Navro’z-bahor,yangi yil bayrami.
17-mart kuni Baxmal tumanida “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin Navro’z” shiori ostida Navro’z bayrami bo’lib o’tdi. Bayram tadbirida turli milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi ko’rgazmalar tashkil qilindi.Taniqli sanatkorlar o’zlarining kuy-qo’shiqlari bilan bayramga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.