📰📚 Qadrli kitobxon do‘stlar! Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga yil davomida muntazam ravishda “Xalq so‘zi” “Jizzax haqiqati” gazetalari kelib tushmoqda.
📰📚 Qadrli kitobxon do‘stlar!
Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga yil davomida muntazam ravishda “Xalq so‘zi” “Jizzax haqiqati” gazetalari kelib tushmoqda.
Ushbu nashrlar orqali siz mamlakatimiz va viloyatimizda yuz berayotgan muhim voqealar, ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa ko‘plab sohalarga oid eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.
📰 “Xalq so‘zi” gazetasi — mamlakatimiz hayotidagi muhim voqealar, davlat siyosati va dolzarb yangiliklarni yorituvchi nufuzli nashrdir.
📰 “Jizzax haqiqati” gazetasi esa viloyatimiz hayoti, bunyodkorlik ishlari, yutuqlar va hududiy yangiliklarni keng yoritib boradi.
📖 Aziz kitobxonlar! Sizlarni kutubxonamizga tashrif buyurib, ushbu gazetalarning yangi sonlari bilan muntazam tanishib borishga taklif etamiz.
✨ Gazeta mutolaasi — davr bilan hamnafas bo‘lish, bilim va dunyoqarashni boyitishning muhim manbaidir.
📚 Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi — bilim va ma’rifat maskani!