Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari Jizzax viloyatida.
✅Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari Jizzax viloyatida.
24-oktabr kuni Baxmal tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida "Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat kunlari" doirasidagi madaniy tadbir keng nishonlandi.
🎶Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston san’ati, milliy urf-odatlari, kuy-qo‘shiqlari va raqslari namoyish etilib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
👩👩👧👦Mazkur tadbirda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari, shuningdek, kasb-hunar maktablari o‘quvchilari hamda boshqa tashkilot vakillari tomoshabin sifatida faol ishtirok etishdi.
🎵Tadbir davomida barcha ishtirokchilar qoraqalpoq san’atkorlarining chiqishlarini zavq bilan tomosha qilib, madaniy hordiq chiqarishdi. Ular san’at orqali ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik va madaniy aloqalarning mustahkamligini his etishdi.
🤝Bunday tadbirlar madaniyat va san’at sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlik va do‘stlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.