📚 Raqamli texnologiyalar — zamonaviy kutubxona faoliyatining muhim omili
📚 Raqamli texnologiyalar — zamonaviy kutubxona faoliyatining muhim omili
Joriy yilning 14-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun “Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va ish jarayonlarini zamonaviylashtirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida xodimlarga zamonaviy raqamli texnologiyalardan kundalik ish faoliyatida unumli foydalanish, elektron hujjatlar bilan ishlash, ma’lumotlarni tezkor izlash va qayta ishlash, internet resurslaridan samarali foydalanish hamda ish jarayonlarini raqamlashtirishning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kutubxona faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, axborot almashinuvini tezlashtirish va xodimlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.