Seminar taishkil etild

Seminar taishkil etild Joriy yilning 20-may kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari, tumandagi Ko‘zi ojizlar kutubxonasi va “Yuksalish” maktabi kutubxonachilari hamkorligida tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab kutubxonachilari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda kitobxon formulyari va inventar kitoblarini yuritish, shuningdek, yo‘qolgan kitoblarning o‘rnini qoplash tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida kutubxonachilar tomonidan berilgan savollarga Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi. Seminar kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlarni to‘g‘ri yuritish hamda kutubxonachilar o‘rtasida tajriba almashish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.