✅“Siz sevgan kitoblar” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

✅Joriy yilning 29-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxon yoshlar bilan birgalikda  “Siz sevgan kitoblar” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko’rgazmasi  tashkil etildi.Unda kitob o’qishga chanqoq bo’lgan yoshlar kitob o’qishning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati haqida bir-biridan qiziqarli  ma’lumotlarga ega bo’lishdi hamda axborot-kutubxona markaziga kelgan yangidan-yangi bolalar uchun mo’ljallangan kitoblar bilan yaqindan tanishdi.