🍽 “Sog‘lom ovqatlanish bilan sog‘lom hayot sari”v

🍽 “Sog‘lom ovqatlanish bilan sog‘lom hayot sari” ✅21-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi bibliografiya bo‘limi tomonidan kutubxona xodimlari uchun ma’naviyat soatlari doirasida “Sog‘lom ovqatlanish bilan sog‘lom hayot sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida inson salomatligi, ayniqsa oilada ovqat tayyorlash va iste’mol qilish madaniyatining ahamiyati haqida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri tanlash, ularni saqlash qoidalari, foydali va zararli mahsulotlarni ajrata bilish, hamda ovqatlanish tartibiga amal qilishning sog‘liq uchun o‘ta muhim ekanligi alohida ta’kidlandi. Davra suhbati ishtirokchilariga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, har bir oilada to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini yanada keng yoyish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.