Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Bugun 9-aprel, o'z vaqtida dunyoni titratgan 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, o'tmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurush qo'mondonlaridan biri, Temuriylar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, me'morchilik, sanʼat va adabiyot homiysi Amir Temur tavallud topgan kun.Ushbu kun munosabati bilan joylarda turli tadbirlar tashkil etiladi.Joriy yilning 9-aprel kuni shu kun munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 92/55 sonli harbiy qism hamkorligida tumandagi Uzunbuloq QFY hududidagi 46-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "O'zbekning buyuk sarkardasi" deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida Amir Temurning yoshligi,davlat boshqaruvi va buyuk ishlari haqida ma'lumotlar berildi.