🤖 SUN’IY INTELLEKT — ZAMONAVIY BILIM VA IMKONIYATLAR MANBAI
🤖 SUN’IY INTELLEKT — ZAMONAVIY BILIM VA IMKONIYATLAR MANBAI
📚 Joriy yilning 7-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun “Sun’iy intellekt va uning zamonaviy imkoniyatlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga sun’iy intellekt tushunchasi, uning rivojlanish bosqichlari, kundalik hayot va kasbiy faoliyatdagi ahamiyati hamda undan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, zamonaviy sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalar taqdim etildi.