Tabiatni asraylik mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🌱Tabiatni muhofaza qilish. tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasidir.Joriy yilning 25-fevral sanasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida“Tabiatni asraylik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda AKM mutaxassisi mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganligi, zero tabiatning toza va musaffoligi bolalar sog‘lom va yetuk voyaga yetishining asosiy omillaridan biridir deya ta'kidladi.