"Tarixiy ziyoratgohlar haqida davra suhbati"

"Tarixiy ziyoratgohlar haqida davra suhbati" ✅2-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Ma’naviyat soatlari” doirasida tumanda joylashgan muqaddas maskanlar — “O’smat ota”, “Novqa ota”, “Bog’imozor ota” kabi ziyoratgohlar tarixi haqida ma’lumot berishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 💫Tadbirga tumanimiz tarixchi va ziyolilaridan Safarov Abdulxay , Eshmurodov Ismoil hamda kutubxona xodimlari taklif etilib, Baxmal hududining qadimiy tarixi, ziyoratgohlarning yaratilish sabablari, ularga bog‘liq rivoyat va ma’naviy meroslar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 💫Seminar davomida ishtirokchilar ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, ziyoratgohlarni o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi. 💫Tadbir yakunida mehmonlarga kutubxona fondidagi tarixiy manbalar tanishtirildi va mavzuga oid savol-javoblar o‘tkazildi.