“Tilga e’tibor” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab, Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlar klubi a’zolari hamda 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda “Tilga e’tibor” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi o‘rni, uning buyuk allomalarimiz ijodidagi ahamiyati, shuningdek, yosh avlodni ona tiliga hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash masalalari yoritib o‘tildi.
Ishtirokchilar tomonidan badiiy chiqishlar, she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, tilimizning boy imkoniyatlari va go‘zalligi tarannum etildi. 📖
Baxmal tuman AKM xodimlari tomonidan tayyorlangan “Ona tilim – faxrim, iftixorim” nomli kitoblar ko‘rgazmasi ham tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.
Bunday tadbirlar yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat, milliy g‘urur va ma’naviy yuksalish ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.