"Turon maktab teatri" tadbiri tuman bosqichida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 2-aprel kuni Baxmal tuman 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi,Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda Barkamol avlod tashkiloti hamkorlikda "Turon maktab teatri" tadbiri tuman bosqichi bo'lib o'tdi.Tadbirda axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitob-barcha bunyodkorlik,yaratuvchanlik,ilmu-donishning asosidir" deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasini tashkil etildi.Ushbu tadbirda jamoalar 3 ta shart bo'yicha bellashdilar.Sahna ko'rinishlari,kuy-qo'shiqlar tadbirga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi.G'olib jamoalar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.