🎭 “Turon” maktab teatri tanlovi – Baxmal tuman bosqichi 2026-yil 4-fevral kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamkorligida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir 1-umumt
🎭 “Turon” maktab teatri tanlovi – Baxmal tuman bosqichi
2026-yil 4-fevral kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamkorligida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir 1-umumta’lim maktabi binosida tashkil etildi.
Tanlov davomida o‘quvchilar “Bizning maktab”, “Madaniyat va san’at bilimdoni” hamda “Teatr – ibratxona” shartlari bo‘yicha o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar. Sahna ko‘rinishlari orqali adabiy asarlar jonli ijro etilib, o‘quvchilarning aktyorlik qobiliyati va sahna madaniyati namoyon bo‘ldi.
Mazkur tanlov yoshlarning teatr san’ati, adabiyot va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning iste’dod va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.