Ushbu kitobni o'qishni tavsiya etamiz
Said Ahmad "Ufq" romani
Romannavis sifatida ham yozuvchi ko‘plab asarlar yaratgan. 1964-1974 yillarda “Ufq” trilogiyasini yozib tugatadi va o‘zbek adabiyotida trilogiya janriga asos soladi. Yozuvchining ustozi Abdulla Qahhor asarni yuksak baholab, hatto yirik adabiy gazetada bu haqida maqola chop etadi. Asar uchta - "Qirq besh kun", "Hijron kunlarida", "Ufq bo‘sag‘asida" romanlaridan iborat bo‘lib, o‘tgan asrning eng yirik voqeligi- Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillardan hikoya qiladi. Ushbu romanlarda adib mahorat bilan o‘zbek xalqiga xos oliyjanoblik, mehnatkashlik, to‘g‘riso‘zlikni yorqin bo‘yoqlarda, sodda, samimiy qahramonlar hayotida ko‘rsatib bergan. “Ufq” trilogiyasi tufayli Said Ahmad 1978-yili Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi.