Ushbu kitobni o'qishni tavsiya etamiz
O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning eng sara asarlardan biri ''Tushda kechgan umrlar'' romanidir. Asar 1991-1992 yillarda yozilgan. Ilk bor Sharq yulduzi jurnalida e'lon qilingan. Asar o'ziga xos tuzilishiga ega. Unda Rustamning kundaligidan lavhalar va tergov hujjatlaridan ma'lumotlar keltirilgan. Voqealar kuz tasviri bilan boshlanadi va oxirida ham shu tasvir keltiriladi: Kuz o'lim tushagida yotgan bemorga o'xshaydi. Oyoq ostida kasalmand hazonlar ingraydi... Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib olamga ma'yus boqadi. Yer-ko'kni kafandek oppoq tuman chulg'aydi. Oq zulmat orasidan qarg'alarning xosiyatsiz fig'oni eshitiladi.'' Kuzning o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshatilishi, hazonlarning ingrashi, yer-u ko'kni kafandek oppoq tuman qoplashi, qarg'alarning bexosiyat fig'oni asarda qandaydir nohush vaziyatlar bo'lishiga ishora qiladi.