Ushbu kitobni o'qishni tavsiya etamiz

O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani asosan urush yillari qiyinchiliklari, front va front orti azoblari, muhabbat va nafrat, ochlik va qahatchilikni turli qatlam vakillari tilidan mahorat bilan yoritib bergan asardir.Yozuvchi asardagi voqealarni kichkina bola nigohidan tortib to keksa insonlar dunyoqarashigacha har birining “men”iga kirishib yozadi.Bola tilidan so’zlaganda kichkina Muzaffarning dunyosiga, ayol his-tuyg’ularini tasvirlaganda Robiya, Ra’no, Zuhra kelinlarning dunyosiga aylanadi. Yozuvchi asarda chinakam ma’noda o’zbek xalqi urf-odatlarini yorita olgan.

Ushbu kitobni Siz aziz kitobxonlarga o’qishni tavsiya etamiz.