Ushbu tadbirda kutubxona kitob fondida mavjud eng sara va mazmunan boy adabiyotlardan iborat “Bilim va ma’naviyat xazinasi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

“Kitobxonlik haftaligi – 2026” 16-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida kitobsevarlar uchun muhim ma’naviy tadbir tashkil etildi. 📚✨ Ushbu tadbirda kutubxona kitob fondida mavjud eng sara va mazmunan boy adabiyotlardan iborat “Bilim va ma’naviyat xazinasi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 📖🌟 Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan qiziqarli nashrlar o‘rin oldi. Kitobxonlar ushbu asarlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlariga ma’qul adabiyotlarni tanlash imkoniga ega bo‘ldilar. 🤝📚 Tadbir davomida kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitishi, bilim va ma’naviyatni yuksaltirishdagi o‘rni haqida ham fikr almashildi. 💫 Bunday ko‘rgazmalar kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.