“Vatan himoyasi muqaddas burch”

Joriy yilning 14-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi  Do’stlik MFY da joylashgan 5-sonli DMMTT hamkorligida  O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  “Vatan himoyasi muqaddas  burch” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda dastlab  vatanimiz sarhadlarini ko’z qorachig’idek asrab kelayotgan harbiylarimiz hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni tarixi haqida ma’lumot berildi.Shundan so’ng bolajonlar harbiy kiyimlarda musiqa sadolari ostida  o’zlarining sahna ko’rinishlarini  namoyish etishdi.Tadbir qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.Tadbir so’nggida ishtirokchilarga esdalik sovg’alari berildi.