📚 VATANPARVARLIK VA KITOBXONLIK SARI YANA BIR QADAM

📚 VATANPARVARLIK VA KITOBXONLIK SARI YANA BIR QADAM Joriy yilning 22-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq QFYdagi filialiga tumandagi 92/55-sonli harbiy qismning yosh askarlari tashrif buyurdilar. Sayohat davomida mehmonlar axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi, elektron resurslari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga Vatanga sadoqat, ma'naviyat, tarix va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazildi. Yosh askarlar kutubxonadagi boy kitob fondi va qulay imkoniyatlarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida batafsil ma'lumot oldilar.